QIZIQARLI YANGILIKLAR HAMMASI BIZDA

Главная | Регистрация | Вход
Среда, 24.04.2024, 16:09
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
    Категории раздела
    HAZIL VA LATIFALAR [0] GAMES [0] SOFT [2]
    YULDUZLAR HAQIDA [4] KINO [4] KILIP [0]
    MP3 [0] MOBIL [0] RASM [0]
    AVTO [1] SAYOHAT NEW [1] HAR XIL YANGILIK [4]
    SPORT [0]
    Мини-чат


    Наш опрос
    Оцените мой сайт
    Всего ответов: 49
    Статистика

    Онлайн всего: 1
    Гостей: 1
    Пользователей: 0
    Форма входа
    Логин:
    Пароль:
    Главная » 2009 » Август » 18 » ROUEN ATKINSON
    18:26
    ROUEN ATKINSON
    ROUEN ATKINSON
    Laqabi: Janob Bin
    Tug`ilgan sanasi: 1955-yil, 6-yanvar
    Tug`ilgan joyi: Angliya
    Oilaviy ahvoli: uylangan, ikki farzandi bor
    Kasbi: Injener-elektrik
    So`nggi filmi:
    «Janob Bin dam olishda emas» (2007-yil)
    Erishgan natijasi: Dam olish yo`nalishida eng yaxshi aktyor
    Haqiqiy ismi Emil Mondavarius bo`lgan Rouen Atkinson Oksford va Nyu-Kasldagi universitetni tamomlagan. Uni kasbi injener-elektrik edi. 1977-yilda Edinburg festivalida qatnashib, tanqidchilarning nazariga tushgan. Shuningdek u «BBC» telekanalidagi «9-soatlik bo`lmagan yangiliklar» serialining ham asoschisi.
    Bu dastur aktyorga «BBCda yil odami» unvonini taqdim etgan. 1981-yilda Atkinson Londondagi eng yosh shou aktyoriga aylandi. «Globus» teatridagi faoliyati Vest-End Teatr uyushmasi tomonidan «Yil komediya ustasi» nomini berilishiga sabab bo`ldi. 1983-yilda Richard Kertis ssenariysi asosida suratga olingan «Qora ilon» filmi «BBC» telekanali orqali namoyish etildi. Film Britaniya Akademiyasining uchta mukofotiga, «Eng yaxshi chet el filmi» yo`nalishida «Emmi» mukofotiga va uchta «ACE» mukofotiga loyiq topildi. Atkinson esa yana bir karra «BBCda yil odami» va qator mukofotlar egasiga aylandi. Ular qatorida «Dam olsh yo`nalishida eng yaxshi aktyor» mukofoti ham bor edi.
    Yangi shou Rouenga katta shuxrat keltirdi. Uni 1986-yilda Brodveyga taklif qilishdi. Keyinroq u o`z dasturi bilan Avstraliya, Yangi Zelandiya va Buyuk Britaniya bo`ylab turne uyushtirdi. 1988-yilda u ishtirokidagi sahna asari 6 oy davomida Vest End teatri sahnasida tushmadi.

                                      
    Rouen Atkinson navbatdagi dasturi «Janob Bin» bo`ldi. Film «ITV» va «HBO» telekanallari uchun suratga olindi. «Janob Bin» haqidagi ilk film «Emmi» mukofotiga sazovor bo`ldi. Suratga olingan keyingi filmlar ham Janob Binga qator mukofotlarni «olib berdi». «Emmi», ikkita «BANFF» va «ACE» mukofotlari shular jumlasidandir. Filmni namoyish etish huquqini 200 dan ortiq davlatlar sotib oldi. «Janob Bin» haqidagi filmlar so`nggi o`n yillikda komediya janridagi yuqori reytingli film sanalib kelmoqda.
    1995-yilda «Tayger Ekspert» kompaniyasi tomonidan suratga olish ishlari boshlangan «Ingichka ko`k chiziq» filmi shu kompaniya tomonidan suratga olingan komediyalarga boshchilik qilmoqda. Atkinson «Tayger Ekspert»ning direktorlar kengashi a`zosi hisoblanadi. «Ingichka ko`k chiziq» filmida Rouen inspektor Fouler obrazini yaratgan.
    Rouen faqatgina komediya ustasi hisoblanmasdan, bir qator badiiy filmlarda ham suratga tushgan. Ular qatoriga «Hech qachon hech qachon dema», «To`rt to`y va bitta aza», «Politsiya partuli - 2» kabi filmlarni kiritishimiz mumkin. «HBO» telekanali tomonidan namoyish etilgan «Dennis Jenningsni uchratish» filmi 1989-yilda «Eng yaxshi qisqa metrajli film» yo`nalishida «Oskar» mukofotiga loyiq topilgan.
    Aktyor «Qirol sher» multfilmiga ovoz berish jarayonida ham ishtirok etgan.
    aktyor «Jonny English» filmida bosh rolda suratga tushdi.
    Категория: YULDUZLAR HAQIDA | Просмотров: 2434 | Добавил: nilufar | Рейтинг: 1.5/2
    Всего комментариев: 0
    Имя *:
    Email *:
    Код *:
    Поиск
    Календарь
    «  Август 2009  »
    ПнВтСрЧтПтСбВс
         12
    3456789
    10111213141516
    17181920212223
    24252627282930
    31
    Архив записей
    Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Copyright MyCorp © 2024 | Создать бесплатный сайт с uCoz